AsosiyJamiyat
4736

​Toshkent viloyati aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi

'​Toshkent viloyati aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi'ning rasmi

9 aprel kuni Do`stobod shaharchasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Quychirchiq, Chinoz hamda Oqqo`rg`on Xalq qabulxonalari tomonidan aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas`ul xodimlari, Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokuratura, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta`limi, Sog`liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari va boshqa qator idoralar rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tumanlar aholisi tomonidan yo`llangan murojaatlar atroflicha ko`rib chiqildi.

Xususan, 8 aprel holatiga Quyichirchiq tumani bo`yicha murojaatlar soni jami 1 859 tani tashkil qildi. Shundan, 1 803 tasi jismoniy shaxslardan, 56 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlarning 88,4% ko`rib chiqilgan bo`lib, hozirda 11,6% murojaat ko`rib chiqilish jarayonida.

Chinoz tumani bo`yicha murojaatlar soni jami 2 028 tani tashkil qiladi. Shundan, 1 942 tasi jismoniy shaxslardan, 86 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 90,6% ko`rib chiqilgan bo`lib, 9,4% ko`rib chiqilish jarayonida.

Oqqo`rg`on tumani bo`yicha murojaatlar soni jami 1 923 tani tashkil qiladi. Shundan, 1 859 tasi jismoniy shaxslardan, 64 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlarning 90,4% ko`rib chiqilgan bo`lib, 9,6% ko`rib chiqilish jarayonida.

Tumanlardan kelgan murojaatlar sohalar bo`yicha o`rganilganda ularning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun er ajratish, fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o`tish, moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta`minoti hamda bolalar nafaqasini olish, mehnat va bandlik, elektr va gaz ta`minoti, bank-moliya kabi masalalarga oiddir.

Sayyor qabulda tumanlar fuqarolari tomonidan yo`llangan 130 dan ziyod murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o`rganildi. Fuqarolar va tadbirkorlar o`zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas`ul bo`lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo`ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida echimini topdi, qo`shimcha o`rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo`yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar