AsosiyDunyo
8903

​31 yoshli Irina Sheyk ilk marotaba ona bo`ldi

'​31 yoshli Irina Sheyk ilk marotaba ona bo`ldi'ning rasmi

31 yoshli supermodel Irina Sheyk va 42 yoshli aktyor Bredli Kuperlarning ilk farzandi dunyoga keldi, deb xabar berdi Deti.mail.ru nashri.

Bola bundan ikki hafta ilgari tug`ilgan bo`lsa-da, Sheyk va kuper uning tug`ilganini, jinsini, ismini yashirib kelgan.

Irina va Bredli to`ng`ich farzandlariga nima deb ism qo`yishlarini kelishib olishdi. Kuper 2011 yilda olamdan o`tgan otasining sharafiga o`g`il bo`lsa Charlz, qiz bo`lsa Sharlotta (qisqartirganda Charli bo`ladi) deb atashga qaror qildi.


Irinaning homilador ekanligi dekabr oyida Parijda o`tkazilgan Victoria's Secret brendi namoyishida podiumga chiqqanida ma`lum bo`lgan edi.


Model va aktyor 2015 yilning aprel oyidan beri birga yashamoqda. Ular Kuperning Los-Anjelesdagi dang`illama uyida istiqomat qilishadi. Irina 2015 yilning yanvar oyida besh yil mobaynida uchrashib yurgan futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan ajrashgan edi. Bredli ilgari aktrisa Jennifer Espozitoga uylangan bo`lib, ular bor-yo`g`i 4 oy birga yashagan. Shundan keyin Kuper aktrisalar Rene Zellveger, Zoi Saldana va britaniyalik model Syuki Uoterxauslar bilan uchrashgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar