AsosiyJamiyat

​“GM Uzbekistan” AJ avtomobillar narxi oshishi haqidagi ma`lumotga izoh berdi

'​“GM Uzbekistan” AJ avtomobillar narxi oshishi haqidagi ma`lumotga izoh berdi'ning rasmi

GM Uzbekistan AJ Facebook'dagi rasmiy sahifasi orqali avtomobillarining narxi oshishi haqida OAVda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

“Facebook ijtimoiy tarmog`idagi qator yangiliklar agentliklarning sahifalarida “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarini oshishi to`g`risidagi habarlarga oid Sizlardan kelib tushayotgan ko`plab savollar munosabati bilan shuni rasman ma`lum qilamizki, “GM Uzbekistan” AJ ning bunday xabarlarga aloqasi yo`q. “GM Uzbekistan” AJ faoliyati to`g`risidagi ishonchli ma`lumot kompaniyaning rasmiy internetwww.gmuzbekistan.uz va Facebook ijtimoiy tarmog`idagi (@gmuzbekistanofficial) rasmiy sahifalarida chop etiladi”,—deyiladi xabarda.

“GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning modellari, modifikasiyalari, opsiyalari va narxlari borasidagi har qanday o`zgarish kompaniyaning rasmiy internet va Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifalarida oldindan habar qilinishi eslatib o`tildi.

Boshqa yangiliklar