1

​Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi

Jamiyat 11.04.2017, 14:03
Teglar: Kino, O`zbekiston, Turkmaniston
​Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi

11-13 aprel kunlari Toshkent shahrida “Turkman kinosi kunlari” bo`lib o`tadi.

Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmaniston Respublikasiga Davlat tashrifi mobaynida imzolangan “O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Respublikasi Hukumati o`rtasida 2017-2019 yillarda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik Dasturi” asosida tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Respublika Kinochilar uyida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida tegishli idora va muassasalar vakillari, har ikki davlat kino ustalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda ta`kidlanganidek, turkman va o`zbek xalqlari o`rtasidagi do`stlik va hamjihatlik tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Xalqlarimiz orasida madaniy-ma`rifiy sohalardagi asriy hamkorlik aloqalari ham tobora mustahkamlanib bormoqda.

- Kino xalqlar o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashda ishonchli ko`prik vazifasini o`taydi, - dedi “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev. – Bugun boshlanayotgan tadbir 2016 yilda Turkmanistonda o`tkazilgan “O`zbek kinosi kunlari”ning mantiqiy davomi bo`ladi.

Tadbirda so`zga chiqqan Turkmaniston televideniesi Kino ishlab chiqarish bo`limi bosh koordinatori Toygeldi Olloyorov, Turkmaniston televideniesi bosh rejissyori Vepa Ishanguliev, Turkmanistonning O`zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Xandurdi Turdiev va boshqalar ikki mamlakat o`rtasidagi madaniy hamkorlik istiqbollari, kino ustalarining kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalari xususida so`z yuritdilar.

Turkman kinosining tantanali ochilish marosimi 11 aprel kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo`lib o`tadi.

Kino kunlari davomida turkman kinoijodkorlari yaratgan “Ot-murod”, “Maxtumquli”, Kopetdog` – askarning orzusi”, “Sayis”, “Muhabbat merosi”, “Qumli keldin qo`shiqlari” singari filmlar namoyish etiladi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️ Turkmaniston O`zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi

04.02.2023, 11:49

Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

23.01.2023, 12:13

Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan  tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1