O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga Tanta va Iskandariya shaharlarida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida ko`plab begunoh insonlarning qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo`lladi.
Davlatimiz rahbari Misr Prezidenti, Misr xalqi va halok bo`lganlarning yaqinlariga samimiy ta`ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.