AsosiyDunyo

​WhatsApp shifokor-talabaga tug`ruqni qabul qilishda yordam berdi

'​WhatsApp shifokor-talabaga tug`ruqni qabul qilishda yordam berdi'ning rasmi

Hindistonning tibbiyot kolleji talabasi bo`lgan Vipin Kxadse (Vipin Khadse) tajribali hamkasblarining maslahati bilan WhatsApp orqali poezdda tug`ruqni qabul qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

7 aprel kuni Ahmadobod — Puri yo`nalishida ketayotgan poezdda homilador ayolni to`lg`oq tutdi. Provodniklar poezdda professional tibbiyot xodimi bo`lmaganligi tufayli 24 yoshli Kxadsedan tug`ruqni qabul qilishni iltimos qilishdi, ammo Kxadse avvaliga bunga rozi bo`lmadi, boshqa shifokor yo`qligini ko`rgach, ayolga yordam berdi. Uning yonida ayrim tibbiy uskunalar bor edi. Kxadse o`ziga ishonmay, messenjer orqali do`stlari bilan bog`landi. Yangi tug`ilgan chaqaloq nafas olmagani tufayli unga sun`iy nafas berdi.

Poezd mnzilga etib kelgach, ayol shifokorlar qo`liga topshirildi. Ayolning yaqin qarindoshlari Kxadsega minnatdorchilik sifatida 101 rupiya suyunchi puli berishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar