AsosiyShou-biznes

​NASA markazi Sherali Jo`raevning to`plamini fazoga olib ketishga ruxsat bergan

'​NASA markazi Sherali Jo`raevning to`plamini  fazoga olib ketishga ruxsat bergan'ning rasmi

Bugun O`zbekiston xalq artist Sherali Jo`raev o`zining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherali Jo`raevga tilaklar yog`ilmoqda. Original tabrik jurnalist Jasur Hamroev tomonidan yozib qoldirildi:

“Fazo – cheksizlik. Yulduzlar makoni. Shu makonda Erlik bir yulduzning kuyi jarang sochishini endi bir tasavvur eting! Endi bir real voqeani eslatsak...

Markaziy Osiyodan fazoga uchgan ilk fazogir Solijon Sharipov koinotda kechajak 6 oylik safaridan oldin o`zi sevgan qo`shiqlarni ham olib ketishni ma`qul topdi. Bu qo`shiqlar esa faqat bir hofizga tegishli! “Okean orti”dagi NASA markazi bu to`plamni olib ketishga ruxsat berdi.

Solijon fazoda ilk telefon qo`ng`irog`ini amalga oshirdi. O`zbekistonlik do`stiga qo`ng`iroq qilib, iftixor ila sevimli bir qo`shig`ini tinglayotganini aytdi. Koinotda fazo kemasining ichida yangrayotgan o`zbek tilidagi bu qo`shiq Er Planetasidagi insonning qalbini to`lqinlantirdi.”

Fazoga hofizning taronalari yozilgan to`plam olib chiqilganini o`zi ham bir tarixiy voqea shunday emasmi!?

Jurnalistning bergan ma`lumotlariga ko`ra, Sherali Jo`raev ilk qo`shig`ini ijro etganida 19 yoshda edi. 1966 yillar.

Sherali Jo`raev bugunga qadar 600ga yaqin qo`shiqlar yaratishga muvaffaq bo`lgan.

Darvoqe, ertaga poytaxtimizning muhtasham restoranlaridan birida Sherali Jo`raevning tavallud ayyomi munosabati bilan katta dasturxon tuzaladi.

Fursatdan foydalanib Darakchi.uz jamoasi Sherali Jo`raevni ushbu sana bilan muborakbod etadi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar