AsosiyDunyo
53635

​Fohishalik bilan shug`ullangan teleboshlovchi ishdan bo`shatildi

'​Fohishalik bilan shug`ullangan teleboshlovchi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Bosniya va Gersogovinaning Pink telekanali boshlovchisi Senada Nurkich efirdan bo`sh paytlarida mamlakatda rasman taqiqlangan fohishalik bilan shug`ullanganligini tan oldi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

Bosniya va Gersogovinaning Pink telekanali xodimi Senada Nurkichning efirdan bo`sh paytlarda fohishalik bilan shug`ullangani ma`lum bo`lgach, uning atrofida janjal ko`tarildi. Telekanal rahbariyati Senada Nurkich boshlovchilik qiladigan shou tomoshabinlar orasida mashhur bo`lganiga qaramay, uni yopishga qaror qildi.

“Fohishalikning boshqa mehnat faoliyatidan farqi yo`q. Yashash uchun shu tariqa pul topganimning yomon tarafi yo`q”, deb izoh berdi Nurkich o`z harakatiga.

Eslatib o`tamiz, Bosniya va Gersegovinada fohishalik rasman taqiqlangan. Mamlakat qonunlariga binoan, fohishaxona saqlagan va fohishalik bilan shug`ullangan odam 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar