12 aprel kuni xalq deputatlari Do`stlik tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Ulug`bek Uzakov so`zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo`jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo`l qo`yilayotgan kamchilik va echimini kutayotgan muammolar haqida mulohaza yuritdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi.
Aripov Akram Oromovich Do`stlik tumani hokimi etib tasdiqlandi. A.Aripov shu vaqtgacha Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tumanni bir necha yillar boshqargan Bababekov Abdusattor Raxmonovich o`z vazifasidan ozod etildi.