AsosiyDunyo

​Nazarboev qozoq alifbosini lotinchaga o`tkazishga topshiriq berdi

'​Nazarboev qozoq alifbosini lotinchaga o`tkazishga topshiriq berdi'ning rasmi

Qozog`iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev hukumatga yil oxirigacha qozoq alifbosini lotinchaga o`tkazish topshirig`ini berdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Bu haqda mamlakat hukumat portalida maqola berildi. Nazarboev 2018 yilgacha qozoq alifbosining yagona standartini ishlab chiqish topshirig`ini berdi. Bundan tashqari, prezident lotin grafikasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlab, o`rta maktablar uchun darsliklar yaratish taklifini berdi.

Qozog`iston prezidenti 2025 yilga qadar to`liq lotin alifbosiga o`tish ishlarini yakunlash lozimligini ta`kidladi. Bungacha lotin alifbosi barcha ish yuritish hujjatlariga kiritilishi va muntazam ravishda kitoblar chop etilishi lozim bo`ladi.

Nazarboevning fikricha, 1940 yilda Qozog`istonning lotin alifbosiga o`tishi siyosiy tus olgan. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarga muvofiq lotin alifbosiga o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar