AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

'​Prezident Shavkat Mirziyoev iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumanidagi “Roison Home White Goods” O`zbekiston – Buyuk Britaniya qo`shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Prezidentimizning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni sohada yangi bosqichni, yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda, deya xabar beradi O`zA.

Chilonzor tumanidagi sobiq "Algoritm" zavodi hududida tashkil etilgan “Roison Home White Goods” qo`shma korxonasining umumiy er maydoni qariyb 23 gektar, bino va inshootlar maydoni 9,7 gektar. Hozir bu erda 50 dan ortiq tadbirkorlik sub`ekti maishiy texnikalar, to`qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qog`oz buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash bilan shug`ullanmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Shu erda Chilonzor tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham o`tkazildi.

Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ta`kidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qo`llab-quvvatlash, investisiya jalb qilish va kreditlar ajratish, eksportni rag`batlantirish kabi dolzarb yo`nalishlar bo`yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Boshqa yangiliklar