Rossiyalik aktyor Vasiliy Stepanov Moskva shahrida joylashgan 5-qavatdagi kvartirasi derazasidan pastga quladi. Bu haqda “NTV” xabar bermoqda.
Aktyor zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
31 yoshli aktyorda ko`p sonli sinish va boshqa turdagi jarohatlar qayd etildi. Singan qo`l va oyoqlarga gips qo`yilganidan so`ng aktyor uyida davolanish muolajalarini davom ettirishi ma`lum qilindi.
Ma`lumotlarga ko`ra, baxtsiz hodisa 11 aprel kuni sodir bo`lgan. Guvohlarning aytishicha, Stepanov ongli ravishda 5-qavatdan sakragan. Moskva shahri polisiyasi matbuot xizmati ham Davidkova ko`chasidagi turar joy binosining 5-qavatidan aktyorning tushib ketganligini tasdiqlagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hozir ahvolim ancha yaxshi. Gips qo`yishdi va uyga javob berishdi. Faqat afsuski, film suratga olish jarayonlarini orqaga surib, ko`pchilikning oldida xijolatdaman”, —deydi aktyor.