O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevral kungi «Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanini 2017−2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 ta kemani qayta tiklash va ularga qiziqish yuqori bo`lgan turistlar keluvchi mamlakatlar nomini berish nazarda tutilgan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmatidan xabar qiishlaricha, ushbu kemalarni qayta tiklash ishlari boshlonmaqda va qiziqish yuqori bo`lgan turistlar keluvchi mamlakatlarni nazarda tutgan holda kemalarning (1-rasm, o`ngdan) birinchisiga «Germaniya», ikkinchisiga esa «Yaponiya» nomi beriladi, deydi Mo`ynoq tumani madaniyat va sport ishlari bo`limi boshlig`i Gulbahar Toqsanbaeva. Qolgan kemalarning nomi esa mutaxassislar tomonidan o`rganilmoqda.

Mo`ynoq tumani hokimi Xudaybergen Uteniyazovning ta`kidlashicha, ko`pchilikning taklifiga binoan Mo`ynoq tumani markazidagi kemaga esa (2-rasm) «O`zbekiston» nomi berilishi ma`qul ko`rilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorida Mo`ynoq tumanini turistik markazga aylantirish nazarda tutilgan bo`lib, ushbu qaror ko`pchilikning qiziqishini orttirmoqda. Ayniqsa, kemalarga mamlakatlarning nom berilishi xorijiy turistlarning ham e`tiborini qozonishi mumkin.






