Meksikaning Eldorado shahri ustidan uchib o`tayotgan samolyotdan uch nafar erkak pastga tashlab yuborildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Guvohlarning xabar berishicha, samolyot juda pastlab uchgan va samolyotdan tashlangan erkaklardan biri mahalliy kasalxona tomining ustiga kelib tushgan. Ismi-sharifini oshkor etishni istamagan sog`liqni saqlash departamenti rahbarlaridan biri erkaklar samolyotdan tashlanganda tirik bo`lganligini ma`lum qildi. Ikki erkakning jasada esa shahar tashqarisidan topildi. Reuters agentligining xabar berishicha, polisiya mazkur jinoyatni o`zaro kelisha olmagan giyohvandlik savdosi bilan shug`ullanuvchi guruhlar amalga oshirgan, deb taxmin qilmoqda.






