1

​2 metrli giyohvand bo`g`ma ilon Avstraliya qamoqxonasida qayta tarbiyalandi

Dunyo 13.04.2017, 13:52
​2 metrli giyohvand bo`g`ma ilon Avstraliya qamoqxonasida qayta tarbiyalandi

Avstraliyada giyohvandlikka mukkasidan ketgan ulkan bo`g`ma ilon davolandi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Mazkur ilon metamfetamin tayyorlash bilan shug`ullanadigan yashirin laboratoriyada yashagan. Havoga tarqalgan giyohvand moddalarning zarrachalari kimyoviy tarzda bug`lanib, ilonni giyohvandga aylantirib qo`ygan.

Polisiya o`tkazgan tekshiruvdan keyin giyohvand-ilon huquq-tartibot idorasi xodimlari qo`liga tushdi. U Sidney shahrida joylashgan qamoqxona majmuasidagi hayvonlar saqlanadigan markazga yuborildi.

Markaz xodimi Ien Mitchellning so`zlariga qaraganda, ilon avvaliga o`zini boshqara olmay, ancha to`polon qilgan. U xotirjam va sustkash ilonlardan farqli ravishda o`zi joylashtirilgan konteynerda jim o`tira olmay, tinimsiz harakat qilgan. Ilonning giyohvand modda tobeligidan qutulishi uchun etti oy vaqt ketdi. Hozirda bo`g`ma ilon uchun yangi ega qidirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1