Taniqli Gollivud aktyori Eddi Myorfining akasi 57 yoshli Charli Myorfi leykemiyadan vafot etdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Charli Myorfining o`zi ham AQShda komik sifatida tanilgan edi. U 12 aprel kuni Nyu-Yorkdagi shifoxonalardan birida vafot etdi. Mazkur shifoxonada Charli kimyoviy terapiya kursini olayotgan edi.
Charlining yaqinlari uning to`satdan vafot etishini kutmagan edi. Sababi, so`nggi paytlarda Charli o`zini ancha yaxshi his eta boshlagan edi. Charli Myorfi Amerika bo`ylab gastrollarga chiqar va shou dasturlarda ishtirok etardi.Charlining rafiqasi Tisha Teylor Myorfi ham 2009 yilda onkologik kasallikdan vafot etgan edi.