AQShda faoliyat olib boruvchi O`zbekiston fuqarosi bo`lgan iqtisodchi Dilmurod Asqarov Forbes`ning 30 yoshdan kichik bo`lgan osiyolik eng badavlat tadbirkorlarning o`ttiztalik ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Dilmurod Asqarov savdoni moliyalashtirish, venchur kapitali, biznesni rivojlantirish sohalarida katta tajribaga ega. Hozirgi vaqtda u Osiyodagi bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lmagan kichik va o`rta biznes korxonalarida mavjud 692 milliard dollarga teng moliyaviy etishmovchilikni bartaraf etishga e`tibor qaratmoqda.
Dilmurod Asqarov Bangladesh, Kambodja, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Qozog`iston, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya, Shri-Lanka, Tayvan, Tojikiston, Tayland, Turkmaniston, BAA, O`zbekiston va Vetnamda 100 ming dollardan 2 mln dollargacha bo`lgan moliyaviy operasiyalarni amalga oshirgan.
Shuningdek, u rivojlanmagan hududlardagi va Kleiner Perkins Caufield Byers, Benchmark Capital, New Enterprise Associates va Khosla Ventures kabi venchur kapitali asosidagi texnologik jihatdan qoloq kompaniyalarga investisiyalar kiritgan. U tomonidan investisiya faoliyatiga hissa qo`shilgan yirik kompaniyalar qatoriga Facebook, Magnum Semiconductor, Bloom Energy va boshqalar kiradi. U bilan birga ishlagan yirik hamkorlar Forbes Midas ro`yxatiga kiritilgan.
U sakkizta tilni biladi va hozirgi vaqtda Markaziy Osiyodan AQShga boradigan migrantlarga yordam ko`rsatuvchi CAF notijorat xayriya tashkilotida ishlamoqda.
Dilmurod Asqarov 2017 yilda Forbes`ning ushbu 30 talik ro`yxatiga kiritildi.