AQShda 13 yoshli o`smir do`stlari bilan Instagram ijtimoiy tarmog`idagi jonli efir vaqtida qo`lidagi to`pponchadan tasodifan o`zini otib qo`ydi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Malaki Xemfillning onasi va opasi 10 aprel kuni uning xonasidan o`q ovozini eshitishdi. Ular xonaga kirganda, Malaki boshidan yaralangan holda qonga belanib yotardi. Bolaning yonidagi telefonda esa hamon jonli efir davom etardi. Malaki kasalxonada olamdan o`tdi. Bo`lib o`tgan voqeani Internet orqali kuzatgan Malakining do`stlari undan xabar olish uchun uyiga kelishdi. O`smirning o`q otar qurolni qaerdan olganligi hozircha noma`lum, u qurolni tanishlaridan olgan, deb taxmin qilinmoqda. Mazkur voqeaga polisiya oydinlik kiritmoqda. Malakining ijtimoiy tarmoqdagi do`stlari tekshirilganda, uning turli xil akkauntlari mavjudligi ma`lum bo`ldi.
12.10.2021, 12:36
Xorazmda “Instagram”dagi rasmlarni o`chirish uchun 5 000 dollar so`ragan shaxs ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.O`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. S.ning nomiga ochilgan...12.07.2017, 20:56
Oybek va Nigora juftligining navbatdagi suratlari folloverlarning muhokamasiga sabab bo`ldi.Instagram tarmog`iga joylangan ushbu suratga Nigora avvalgilaridan farqli o`laroq pardozsiz holda tushgan.Folloverlarning aksariyati uning tabiiy go`zalligi...10.07.2017, 16:18
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Instagram ijtimoiy tarmog`idagi kuzatuvchilari soni 1 million nafarga etdi. Aktrisa ayni paytda “Saodat” serialining ikkinchi faslida suratga tushmoqda. Ma`lumot uchun, o`zbek shou-biznesi...30.06.2017, 16:38
Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning Xarkov shahri yaqinida 29 iyun kuni opa-singil ishtirokida sodir bo`lgan YTH aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Avtofalokatda halok...