2017 yil 8 aprel kuni noma`lum shaxs kecha soat 20:30 da Uchtepa tumanida o`zining Matiz rusumli avtomobilida mashinasiga yo`lovchi sifatida o`tirgan maktab o`quvchisi A.ga nisabatan zo`rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usul bilan qondirish alomatlari bilan aniqlandi.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan navbatdagi profilaktika kuni munosabati bilan o`tkazilgan brifingda ma`lumot berildi.
Maktab o`quvchisi A.ga nisbatan jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirmoqchi bo`lgan vaqtida voyaga etmagan qiz qarshilik ko`rsatib uni itarib yuborib, avtomashinani tark etgan hamda atrofdagilardan yordam so`ragan.
Mazkur holat yuzasidan O`zebkiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 119-modda 4-qismi ya`ni 14 yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan jinsiy extiyojini g`ayritabiiy yo`l bilan qondirishga suiqasd alomati bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.
Olib borilgan tergov tezkor harakatlar davomida jinoyatni Xasan Isaev ismli shaxs amalga oshirganligi aniqlandi. Uning boshqaruvidagi Matizdan voyaga etmagan A.ga tegishli bo`lgan “Nokia” rusumli telefon apparati aniqlanib, daliliy ashyo bilan qo`lga olindi.
Hozirda jinoyatchi qamoqqa olinib, tergov ishlari amalga oshirilmoqda.