AsosiyJamiyat

​Toshkentda etti nafar Hindiston fuqarosiga xizmat ko`rsatayotgan uch nafar fohisha aniqlandi

'​Toshkentda etti nafar Hindiston fuqarosiga xizmat ko`rsatayotgan uch nafar fohisha aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yashnoobod tumanida etti nafar hindistonlik va ularga fohishalik xizmatini ko`rsatayotgan O`zbekiston fuqarolari qo`lga olindi.

Bu haqda navbatdagi “payshanbalik”da Toshkent shahar IIBB boshlig`i o`rinbosari Doniyor Toshxo`jaev ma`lum qildi.

Tezkor tadbir davomida aniqlangan fohishaxonada 3 nafar fohisha va 7 nafar hindistonlik qo`lga olingan.


Shuningdek hafta davomida fohishaxona saqlash, qo`shmachilik qilish kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, olib borilgan “ORIYaT” tadbiri davomida jami 30 ta holat aniqlandi va Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya`ni fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atildi.

Shuningdek 69 nafar shaxslar fohishalik bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, barchasiga nisbatan ma`muriy ta`sir choralar ko`rildi.

Boshqa yangiliklar