AsosiyDunyo

​Rossiya “Evrovidenie-2017”da ishtirok etmaydi

'​Rossiya “Evrovidenie-2017”da ishtirok etmaydi'ning rasmi

“Evrovidenie-2017” musiqiy tanlovida Rossiya ishtirok etmaydi. Bu haqdagi ma`lumot musiqiy tanlovning rasmiy saytiga joylashtirildi.

Tanlov mutasaddilari “Rossiyaning musiqiy tanlovda ishtirok etishini ta`minlashi mumkin bo`lgan choralarni izlashga uringani”ni alohida ta`kidlab o`tdi.

Rossiya vakilasi Yuliya Samoylovaga videoko`prik vositasida chiqish qilishni taklif qilishdi. Bundan tashqari, hay`at a`zolari tanlovda boshqa rossiyalik xonanda ishtirok etishini taklif qilishgan.

Ma`lumotda yozilishicha, har ikki taklif ham Rossiyaning Birinchi kanali tomonidan rad etilgan.

Avvalroq Birinchi kanal Kiev rossiyalik tanlov ishtirokchisini qabul qilishdan bosh tortgani uchun “Evrovidenie-2017”ni translyasiya qilmasligini bildirgan edi.

Ukraina xavfsizlik xizmati Yuliya Samoylova Qrimda konsert bergani uchun unga 3 yil muddatga mamlakat hududiga kirishni taqiqlab qo`ydi.

“Men albatta xafa bo`ldim. Axir bu mening orzuim edi! Men so`nggi daqiqagacha, bu masala ijobiy hal bo`lishiga umid qilgandim, afsus bunday bo`lmadi”,—deydi Samoylova.

Boshqa yangiliklar