Sankt-Peterburg shahrida noma`lum buyumning portlashi oqibatida talaba yigit yaralandi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Guvohlarning ma`lumot berishicha, Sankt-Peterburg davlat texnologiya institutining 17 yoshli talabasi qo`lida portlovchi uskuna ishga tushgan. Mazkur voqea Chernishevskiy nomli kutubxonaning kirish joyida sodir bo`ldi. Kutubxonaga yaqinlashgan talaba elkasidan ryukzakni olib, uni uzoq titkilagandan keyin portlash yuz berdi.
Shok holatidagi 17 yoshli talaba kasalxonaga yotqizildi. Uning bir qo`l kafti uzilib ketdi, ikkinchi qo`li ham jarohatlandi. Mutaxassislar hozircha portlagan qurilmaning tarkibini aniqlay olmadi. Taxminlarga ko`ra, u qobiqsiz va jarohatlaydigan elementlarsiz bo`lgan. Mazkur fakt bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.