AsosiyDunyo
7424

​Olimlar “Uyqudagi bola”ning dardiga davo topolmadi

'​Olimlar “Uyqudagi bola”ning dardiga davo topolmadi'ning rasmi

Britaniyaning Chesterfild grafligida 13 yoshli Garri Epplton ismli uyqudan ko`zini ocholmaydigan bola yashaydi, u sutkasiga 18 soat uxlaydi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

Bola uch oydan beri uyqudan ko`z ochmaganligi tufayli maktabga borishni ham to`xtatdi. Shifokorlar uning dardiga davo izlashmoqda, ammo hozirga bunga muvaffaq bo`lisholmadi.

Garrining ota-onasi farzandlari shu paytgacha faol, baxtli, kirishuvchan bola bo`lganligini, futbol o`ynashni yoqtirganligini aytishdi. Endi esa uyqudan ko`z ochmay, faqat uxlash bilan kun o`tkazmoqda. U kechasi-yu, kunduzi uxlaydi.

“Garri komaga tushib qolgan odamga o`xshaydi. Bundan tashqari kunning qaysi paytida uyg`onishi noma`lum. Bu narsalar esa uning ijtimoiy hayotdan uzilib qolishiga olib kelmoqda”, deydi uning onasi.

Sheffildagi bolalar gospitali mutaxassislari ham bolaning g`alati kasalligi bilan qiziqib qolishdi. Ularning taxmin qilishicha, Garri “uyqudagi go`zal” sindromiga chalingan. Mazkur nevrologik xastalikdan dunyoda mingdan ortiq odam aziyat chekadi. Bu kasallikka aksariyat hollarda erkaklar chalinadi. Ekspertlar bolani shaxsan ko`zdan kechirishni rejalashtirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar