AsosiyDunyo
3837

​Amerikada saratonni aniqlovchi saqich yaratiladi

'​Amerikada saratonni aniqlovchi saqich yaratiladi'ning rasmi

Amerikaning Volatile Analysis kompaniyasi saratonni aniqlovchi saqich ishlab chiqarishni rejalashtirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Mazkur saqich o`simtalar ajratadigan tez harakatlanuvchi birikmalarni tahlil qiladi. Saqichni chaynash jarayonida ajralgan so`lakdagi birikma saqich bilan hamkorlikda organizmdagi o`ziga xos kimyoviy tarkib yordamida o`simta bor-yo`qligini aniqlaydi.

Tadqiqotchilarning ma`lumot berishicha, turli a`zolarning o`simtalari turli birikmalardan tashkil topgani tufayli, saqich yordamida bemorning saratonning qaysi turidan aziyat chekayotganligini aniqlash mumkin bo`ladi.

Hozircha mazkur saqichni ishlab chiqarish faqat rejaga kiritilgani tufayli uning qanchalik samarali bo`lishini oldindan aytishning iloji yo`q. Kompaniyaning aytishicha, mazkur saqich qon va peshob tahlilining o`rnini bosadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar