1

Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Jamiyat 14.04.2017, 13:57
Teglar: Islom Karimov, Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Islom Karimov ruhiga Qur`on tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Loyihaga ko`ra, maqbara granit va marmar bilan qoplanadi, naqshlar bilan bezatiladi, Qur`on oyatlari bitiladi. Ziyoratchilar uchun ayvon, keksalar uchun liftlar bunyod etiladi.

Davlatimiz rahbari ushbu maqbara loyihasi bilan tanishdi. Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo`yicha tavsiyalar berdi. Zinalarni pasaytirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta`minlash zarurligini ta`kidladi.

Islom Karimov mustaqilligimizga, xalqimizning farovon hayotiga asos solgan, ma`naviyatimizni tiklagan buyuk inson edi, dedi Shavkat Mirziyoev. Majmuada Birinchi Prezidentimizning buyukligi, pok iymon-e`tiqodi, sermazmun hayoti aks etishi kerak. Shu majmua timsolida Islom Karimovga bo`lgan mehr-muhabbatimizni, milliy o`zligimizni ko`rsatishimiz zarur.

Davlatimiz rahbari Birinchi Prezidentimiz maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg`un bo`lishi zarurligini ta`kidladi. Maqbaraga monand ziyoratchilar uchun baland ayvonlar bunyod etish, rasmiy delegasiyalar uchun ham keng sharoit yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Ushbu majmua yuksak ma`naviyat, ilm-ma`rifat maskani bo`lishi kerak. Binobarin bu yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega. Majmuada hamisha mayin ohangda Qur`on suralari yangrab turishi, maqbara devorlariga muqaddas oyatlar bilan birga Islom Karimovning hikmatli so`zlari ham bitilishi zarur. Toki ziyoratga kelganlar o`ziga ulkan ruhiy quvvat olsin, xalqimizning ilmiga, ma`naviyatiga havasi ortsin.

Sharhlar

Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

02.09.2022, 10:26

Islom Abdug`anievich Karimov – O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Birinchi prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etdi. Ushbu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1