1

​Shavkat Mirziyoev samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Jamiyat 14.04.2017, 22:18
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev samarqandlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Jomboy tumanida viloyatda engil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbariga viloyatda “O`zmilliybank” tomonidan moliyalashtirilayotan engil sanoat loyihalari to`g`risida ma`lumot berildi. Mazkur bank tomonidan moliyalashtirilayotgan “8 mart”, “Urgaz textile”, “Urgaz Caret”, “Arfa Exprod”, “Alnazar orzu servis”, “Samarqand Oqdaryo textil tola” kabi mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida yiliga 110,4 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish ko`zda tutilgan, deb yozadi O`zA.

Bu korxonalarda tayyor trikotaj, jinsi mahsulotlari, ko`ylak va choyshablar ishlab chiqariladi. Korxonalar to`liq quvvat bilan ishga tushgach besh mingdan ortiq ish o`rni yaratiladi.

Shundan so`ng “Asaka bank” tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti bo`ldi. “Next textile”, “Oqdaryo teks”, “Maroqand sifat” mas`uliyati cheklangan jamiyatlarining istiqboldagi faoliyati muhokama qilindi.

Prezidentimizga loyihalarning ahamiyati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi va sifati, ketadigan va keltiradigan mablag`lar, yaratiladigan ish o`rinlari haqida ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbari jahon bozorida sifatli ip kalavadan tayyorlangan to`qimachilik mahsulotlariga talab ortib borayotgani, paxta tolasini qayta ishlashni yanada kengaytirish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli kiyim-kechak bilan ta`minlash zarurligini ta`kidladi. Sohani yanada rivojlantirish va korxonalarning istiqboldagi rejalarini aniq belgilash, yangi tashqi bozorlarni topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Bulung`ur tumanidagi “Inter lego” mas`uliyati cheklangan jamiyatida ip-kalava, trikotaj mato va matoni bo`yash hamda tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Mazkur loyihaning qiymati 37 million evro bo`lib, korxona ishga tushgach, yiliga 31 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi, 700 kishi ish bilan ta`minlanadi.

Mamlakatimizda engil sanoatni izchil rivojlantirish, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2016 yil 21 dekabrdagi “2017-2019 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to`g`risida”gi qarori soha rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Prezidentimizga Samarqand viloyatida 2017-2018 yillarda engil sanoat sohasida amalga oshiriladigan manzilli dastur taqdim qilindi.

Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan “Samarkand apparel” korxonasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi haqida so`zlab berildi.

Davlatimiz rahbari viloyatda terini qayta ishlash, charm va maxsus poyabzallar ishlab chiqarish bo`yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. “Kattaqo`rg`on charm” qo`shma korxonasida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.

Samarqand viloyatida teri xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o`tkazildi. Xitoylik investorlar mazkur sohani yanada rivojlantirish, viloyatda sifatli va jahon andozalari darajasidagi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha o`zlarining takliflarini bayon qildi, Prezidentimizga O`zbekistonda xorijlik hamkorlar uchun yaratilgan qulay investisiyaviy muhit uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarning samaradorligini ta`minlashga e`tibor qaratdi. Qishloq joylarda aholi, ayniqsa, yoshlarni muqim ish bilan ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, hududlarda etishtirilayotgan paxta tolasini o`sha erning o`zida qayta ishlash uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar tadbirkorlarga keng qulayliklar yaratib, yangi ish o`rinlari ko`payishi, aholi daromadlari oshishida muhim omil bo`layotganini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev viloyatda engil sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1