1

​Har kuni amalga oshirilayotgan ezgu amallar

Dunyo 15.04.2017, 12:31
​Har kuni amalga oshirilayotgan ezgu amallar

ayyoramizda har kuni turli favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlar ro`y berishi bilan birga, oramizdagi oddiy odamlar tomonidan turli ezgu ishlar amalga oshiriladi. Quyida sizni ular bilan tanishtiramiz, deb xabar berdi “Adme.ru” nashri.

Bu shifokorning jonkuyarligi barcha internet foydalanuvchilarini hayratga soldi

28 soatli og`ir ish kunidagi 5 ta operasiyadan keyin xitoylik jarroh Lo Xen haqiqatan ham oyog`ida turolmay qolib, shundoqqina shifoxona yo`lagida uyquga ketdi. Uning bunday holatda yotgani, o`z kasbiga sodiqligi aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqaldi va foydalanuvchilar uning fidoyiligiga tasannolar aytishdi.

Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun

Braziliyalik futbolchi Everton Luis irqchilik janjali qurboni bo`ldi. Match paytida raqib jamoaning muxlislari uni haqoratlovchi turli bannerlarni ko`tarib, ko`ngilni ranjitadigan so`zlarni aytib qichqirishdi. Futbolchi bunday kamsituvchi haqoratlarni ko`tara olmay, ko`zda yosh bilan stadionni tark etdi. Jamoadoshlari uni bunday vaziyatda yolg`iz qoldirmadi, ular Evertonning yoniga kelib, unga dalda berishdi.

G`alati chegirmaga ega restoran

Italiyadagi restoranlardan birining egasi Antinio Ferrari muassasasida odobli, xushmuomala oila farzandlari uchun 5 % chegirma belgiladi. Uning aytishicha, 30 % ota-ona bolalarini restoranda nazorat qila olmaydi. Shuning uchun restoran egasi mazkur bonusli chegirmani yo`lga qo`ydi.

Itni qutqargan o`t o`chiruvchi

Andryu Kleyn AQShning Santa-Monika shahrida o`t o`chiruvchi bo`lib ishlaydi. Bir kuni yonayotgan uydan olib chiqilgan, zo`rg`a nafas olayotgan itni ko`rib, Andryu tezkor reanimasiya tadbirini amalga oshirdi va uni o`limdan asrab qoldi.

Ofisiant nogiron ayolning ovqatlanishiga yordam berdi

Bu voqea AQShning Illinoys shtatidagi qahvaxonalardan birida ro`y berdi. Keksa erkak va uning nogiron rafiqasi qiynalib ovqatlanayotganini ko`rgan ofisiant ularga yordam berish uchun shoshildi. U qariya xotirjam tamaddi qilishi uchun nogiron ayolni o`zi ovqatlantirdi.

Tesla avtomobili egasi bir insonning hayotini saqlab qolish uchun mashinasini qurbon qildi

Myunxenning tez yurar shossesida narxi 100 ming dollarlik Tesla avtomolida ketayotgan haydovchi ilon izi bo`lib ketayotgan Volkswagen Passat avtomobiliga e`tibor qaratdi. U mashina bilan tenglashganda avtomobil haydovchisining hushdan ketib, mashina ruliga bosh qo`yib yotganligini ko`rdi. Shunda u Volkswagen’ni avtomobili yordamida yo`lini to`sib, to`xtatishga muvaffaq bo`ldi va bir insonni o`limdan qutqardi.

UFC chempioni saratonni enggan bolaga kamarini sovg`a qildi

Bundan bir necha yillar muqaddam kurashchi Kodi Garbrandt saratonning leykemiya turiga chalingan Meddoks Mepl ismli bemor bola bilan tanishib qoldi. Bola saratonni engsa, o`zining chempionlik kamarini unga sovg`a qilishga va`da berdi. Ularning har ikkalasi o`z va`dasining ustidan chiqdi. Chempionlik unvoniga ega bo`lgan Kodi saratonni enggan Meddoksga chempionlik kamarini sovg`a qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1