AsosiyDunyo

​Chelyabinsk osmonida g`alati chaqin paydo bo`ldi (Video)

'​Chelyabinsk osmonida g`alati chaqin paydo bo`ldi (Video)'ning rasmi

Rossiyaning Chelyabinsk shahri aholisi g`alati tabiat hodisasiga guvoh bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Shaharning tungi osmonida o`z-o`zidan yorug`lik taratgan g`alati chaqin paydo bo`ldi.

15 aprel kuni bunday g`aroyib hodisaga guvoh bo`lgan odamlar uni dalil sifatida videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi.

Video muallifining aytishicha, yorug`lik taratuvchi chaqin chaqnashdan ilgari yomg`ir yoqqan. Shuni e`tiborga olgan foydalanuvchilar o`zaro qizg`in bahs-munozaraga kirishdi. Ular juda ko`p taxminlarni ilgari surishdi. Ularning aksariyat qismi buni elektr tarmog`idagi qisqa tutashuv, deb qabul qildi. Ammo mazkur chaqin paydo bo`lishidan bir necha soat ilgari troleybuslar harakati ham to`xtagan edi.


Boshqa yangiliklar