AsosiyShou-biznes

​Yigitali Mamajonov o`z baxtini topdimi?

'​Yigitali Mamajonov o`z baxtini topdimi? 'ning rasmi

Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati qizg`in muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Aktyorning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib boruvchi muxlislari Yigitaliga baxt tilamoqda.

Gap shundaki, Yigitali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga bir qiz bilan tushgan suratini joylab, unga “yurakcha” belgisini ilova qildi. Suratda qiz umuman ko`rinmagan, biroq aktyor Qozog`istondagi mehmonxonalardan birida tushgan mazkur suratda uning hamrohi qiz bola ekanligini payqash mumkin.

Aktyor mazkur suratga hech qanday izoh bermagan. Uning muxlislari aktyorni o`z juftini topgani bilan tabriklamoqda.

Biroz muddat oldin Yigitali Instagram`ga yangi surat joyladi va uni “Va`daga vafo qilindi” deb izohladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar