O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etadi. Yig`ilish 2017 yilning 20-21 aprel kunlari Ostona shahrida bo`lib o`tadi.
Vazirlar Ostona shahrida bo`ladigan ShHT Sammitiga va Qozog`iston raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish jarayoni bilan bog`liq masalalarni muhokama qilishadi.
Tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasining Ostona shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazishi ham rejalashtirilgan.






