AsosiyDunyo

​Filippindagi avtobus halokati oqibatida 25 kishi halok bo`ldi

'​Filippindagi avtobus halokati oqibatida 25 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Filippinning shimolidagi tog` yo`lida yo`lovchi tashuvchi avtobusning pastga qulashi oqibatida 25 kishi halok bo`ldi, 22 kishi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea 18 aprel kuni tongda Nueva-Esixa viloyatining Luson orolida ro`y berdi. Avtobus tormozining ishlamay qolishi oqibatida u 24 metr balandlikdan pastga quladi.

Hukumat bergan ma`lumotga ko`ra, avtobusning tomi ochilib ketib, u butunlay majaqlanib ketgan. Avtobusning zarb bilan qulashi oqibatida barcha yo`lovchilar transport vositasidan otilib ketgan.

Avtobusda rasman 45 ta yo`lovchini tashish ko`zda tutilgan bo`lsa-da, unda 60 ta yo`lovchi bo`lgan. Jabrlanganlar orasida yosh bolalar ham bor, yaralanganlar eng yaqin aholi punktidagi kasalxonaga yotqizildi.

Boshqa yangiliklar