AsosiyJamiyat

​Prezident farmoni bilan O`zbekistonda xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish qo`mitasi tashkil etildi

'​Prezident farmoni bilan O`zbekistonda xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish qo`mitasi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasini tashkil etish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o`zgartirishni ta`minlash, tadbirkorlik sub`ektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo`llab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi etib qayta tashkil etildi.

Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qo`llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror o`sishini ta`minlaydigan yangi ish o`rinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam xamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish yangi Qo`mitaning g`oyat muhim vazifasi etib belgilandi.

Farmonning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Boshqa yangiliklar