Turkiyaning Shanliurf shahridagi meva-sabzavot do`kon egasi qurollangan jinoyatchiga qarshi pomidor bilan “jang qildi”, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur voqeani kuzatuv kamerasi videoga oldi. Jinoyatchi do`kon egasiga qurol bilan tahdid qildi. Ammo erkak bundan tahlikaga tushmay, o`zini himoya qilish maqsadida jinoyatchiga pomidor irg`itdi. Bunday javobni kutmagan jinoyatchi pala-partish o`q uzib, voqea joyida qochib ketdi.
“Ish bilan band bo`lganimdan jinoyatchining oldimga kelganini sezmabman. U menga qurol o`qtalgandan keyin unga qarata pomidor irg`itdim, pomidor uning ko`ziga tegdi, natijada qalqib ketib, betartib ravishda o`q uzdi”, dedi do`kon egasi Mehmet To`sun hujumdan keyin.
Ma`lum bo`lishicha, qurollangan jinoyatchi ilgari shu do`konning egasi bo`lgan. Polisiya hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshladi.






