Yaponiyaning Sado shahridagi o`lkashunoslik muzeyiga o`g`irlikka tushgan jinoyatchi haqiqiy 30 kilogrammli kumush qolib, uning yonida turgan qalbaki besh dona oltin yombini o`g`irladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Voqea dushanba kuni kechasi Niigata perefekturasidagi Sado shahridagi Aikava o`lkashunoslik muzeyida oltin va kumush qazish sanoati tarixiga bag`ishlangan ko`rgazma o`tkazilayotgan kunlarda ro`y berdi.
Voqea joyiga etib kelgan polisiya o`g`ri derazani sindirish orqali ichkariga kirganligini aniqladi. U vitrinani sindirib, 30 kilogrammlik haqiqiy kumush yonida turgan beshta oltin yombining nusxasini o`g`irlagan. Mazkur oltin yombilarning har biri bir kilogrammdan bo`lib, Sado shaxtasidan qazib olingan oltin yombilarining nusxasi edi. Tergov ishlari boshlandi.






