AsosiyDunyo

​Kaliforniyada irqchilik oqibatida otishma ro`y berdi

'​Kaliforniyada irqchilik oqibatida otishma ro`y berdi'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtatidagi Fresno shahrida ro`y bergan otishma oqibatida uch kishi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Shahar polisiyasining shefi Jerri Dayerning ma`lumot berishicha, mazkur otishmaning terrorchilikka aloqasi yo`q, chunki u irqchilik, ayirmachilik oqibatida sodir bo`lgan.

Qora tanli, 39 yoshli Qori Ali Muhammad Fresno shahri markazida “Alohu akbar”, deb baqirib, to`rt nafar odamga qarata o`q uzdi. Uch kishi halok bo`ldi, bir kishiga o`q tegmadi. Polisiya uni qo`lga oldi. Halok bo`lganlar 34 yoshdan 54 yoshgacha bo`lgan oq tanli odamlardir. Qori Ali Muhammad so`roq qilinganda, oq tanli odamlardan nafratlanishini bildirdi. U qamoqqa olindi. Shu bilan birga, Qori Ali Muhammad shahardagi motellardan biridagi qo`riqchining o`ldirilishida ham gumon qilinmoqda.

Dayerning ma`lumot berishicha, gumondor jinoyatchi sifatida qidirilayotganini bilgandan keyin yana ham ko`proq odam o`ldirishga harakat qilgan. Polisiya boshlig`i otishma irqchilik oqibatida sodir bo`lganligini yana bir bor ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar