AsosiyJamiyat

​Farg`onada 21 nafar o`smirga diniy ta`lim berayotgan noqonuniy “xujra” faoliyatiga chek qo`yildi

'​Farg`onada 21 nafar o`smirga diniy ta`lim berayotgan noqonuniy “xujra” faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Buvayda tumani ichki ishlar bo`limi xamda boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirlar davomida Buvayda tumani Oqqo`rg`on qishlog`ida yashovchi fuqaro Nizomov maxsus diniy ma`lumoti bo`lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta`limotdan (xususiy tartibda) saboq berib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Surishtiruv davomida mazkur shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda tashkil etilgan “xujrada” Respublikamizning Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlarida xamda viloyatimizning Oltiariq, Bog`dod, Buvayda, Uchko`prik va Furqat tumanlarida yashovchi, turli yoshdagi jami 21 nafar o`smir va voyaga etmaganlar diniy ta`lim olayotganliklari aniqlandi.

Holat yuzasidan mazkur ushbu shaxsning yashash xonadonidan 50 dona turli arab yozuvidagi diniy kitoblar, 14 dona daftarlar, 11 dona radiopriyomniklar, 6 dona lavhlar, 4 dona sim kartalar, 2 dona disklar, 1 dona fleshkarta, 1 dona chip kelgusida tadqiqot o`tkazish uchun daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi

    Boshqa yangiliklar