AsosiyShou-biznes

​Rossiyalik xonanda Valeriya 49 yoshga to`lganini nishonladi (foto)

'​Rossiyalik xonanda Valeriya 49 yoshga to`lganini nishonladi (foto)'ning rasmi

Xonanda tug`ilgan kunini do`stlari davrasida nishonladi, deb xabar berdi Lady.mail.ru nashri.

Rossiyalik xonanda Valeriya 49 yoshga to`lganini nishonladi. Uni tabriklash uchun juda ko`p do`stlari yig`ildi, shu jumladan Yana Rudkovskaya va Kristina Orbakaytelar ham tashrif buyurdi.

“Azizim, Lera! Tug`ilgan kuning muborak bo`lsin! Sen o`ta yorqin, iqtidorli, go`zal insonsan! Biz seni barcha “ummonlaring”, “sharsharalaring” bilan birga sevamiz, chunki ularni sevmaslikning iloji yo`q. Seni juda yaxshi ko`rganimdan mazali tortingdan tatib ko`rish uchun shoshilib, oldingga yo`l oldim!”, — deb yozdi Yana Rudkovskaya o`zining Instagram sahifasida.

Tadbir Moskva shahrining Patriarshix pruddagi restoranlaridan birida bo`lib o`tdi. Unda Valeriyaning barcha oila a`zolari: qizi Anna Shulgina, o`g`illari Artyomiy va Arseniylar (Arseniy sevgan qizi model Anna Sheridan bilan birga keldi), turmush o`rtog`i Iosif Prigojinlar ham ishtirok etishdi.







Boshqa yangiliklar