AsosiyDunyo

​Tishda dog` qoldirmaydigan rangsiz qahva ixtiro qilindi(Foto)

'​Tishda dog` qoldirmaydigan rangsiz qahva ixtiro qilindi(Foto)'ning rasmi

Clr Cff brendi asoschilari Adam va Devid Nad rangsiz, shaffof qahva ixtiro qilishdi. Bu haqda Tjournal nashri xabar bermoqda. Ularning aytishicha, resept ustida ishlash uchun 3 oy vaqt sarflangan. Mazkur loyiha qanchalik darajada muvaffaqiyatli bo`lishi hozircha noma`lum, biroq g`oyaning o`zi katta qiziqishlarga sabab bo`ldi.

Hozirgi kunda Clr Cff deb atalayotgan qahva faqat Buyuk Britaniya va Slovakiyada sotilmoqda. Har biri 200 ml hajmdagi qahvadan iborat 5 ta butilkaning narxi 15 evro qilib belgilangan. Britaniyada an`anaviy qahvaning bir porsiyasi 2 dollar ekanligini inobatga olganda narxlar unchalik qimmat emas, deb yozadi nashr.

Boshqa yangiliklar