AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Turkiya Prezidentiga maktub yo`lladi

'​Shavkat Mirziyoev Turkiya Prezidentiga maktub yo`lladi'ning rasmi

18 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog`anni 16 aprel kuni bo`lib o`tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.

O`zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida o`zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini ta`kidladi va qardosh o`zbek va turk xalqlari o`rtasidagi do`stona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pog`onaga ko`tarilishiga ishonch bildirdi.

Shavkat Mirziyoev Turkiya Prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas`uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardosh Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.

Boshqa yangiliklar