AsosiyJamiyat

​20 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab yomg`ir va momaqaldiroq kuzatiladi

'​20 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab yomg`ir va momaqaldiroq kuzatiladi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 26-28 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq, Surxondaryo viloyatida 30-32 darajagacha issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 2200 metrdan baland hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Boshqa yangiliklar