1

​Boston marafonining ilk qatnashchisi bo`lgan ayol oradan 50 yil o`tib, yana marafonda qatnashdi

Dunyo 20.04.2017, 09:42
​Boston marafonining ilk qatnashchisi bo`lgan ayol oradan 50 yil o`tib, yana marafonda qatnashdi

Boston marafonining ilk ayol ishtirokchisi bo`lgan Katrin Shvitser oradan 50 yil o`tib, yana aynan o`sha 261 sonli raqam ostida marafonda ishtirok etdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Shvitser ilk marotaba marafonda 1967 yilda ishtirok etgan edi, o`shandan beri u mazkur masofaga yugurishda to`qqizinchi marta ishtirok etdi. U o`sha paytda marafonda ishtrok etgan ilk yagona ayol edi. Hozirda u 70 yoshga to`lgan, marafonda belgilangan masofani 4 soat 44 daqiqa-yu, 31 soniyada bosib o`tdi.

“Men bundan 50 yil ilgarigi kabi marraga etib keldim. Marafonda qatnashishimning asosiy sababi ayollar hayotini o`zgartirishdan iborat. Oradan 50 yil o`tgach, nimalar bo`lishini tasavvur qilish juda ham qiyin”, deb yozdi keksa sportchi o`zining Facebook sahifasida.

Katrin Shvitser umri davomida umumiy hisobda 40 ta marafonda ishtirok etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1