Zimbabve maktablarida ta`lim haqini qo`y-echkilarda to`lashga ruxsat berildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
“Bunday qaror qabul qilinishidan maqsad kam ta`minlangan oilalarga yordam ko`rsatishdir”, dedi mamlakat maorif vaziri Lazarus Dokora (Lazarus Dokora).
Uning so`zlariga qaraganda ta`lim haqini ota-onalar qo`y-echkilar orqali to`lashdan tashqari, ular o`z mehnatlari orqali ham to`lovni amalga oshirishlari mumkin. Chunki qishloq joylarda yashovchi aholida mavjud bo`lgan qoramol shaharda yashovchi ota-onalarda bo`lmaydi.
Ilgari zimbabveliklarga bank kreditlarini chorva mollari yordamida to`lashga ruxsat berilgan edi.






