AsosiyDunyo

​Kelinlar “Davay pojenimsya” ko`rsatuvi sovchisi Roza Syabitovaga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atishni talab qilishdi

'​Kelinlar “Davay pojenimsya” ko`rsatuvi sovchisi Roza Syabitovaga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atishni talab qilishdi'ning rasmi

Rossiyaning ORT telekanalida namoyish etiladigan “Davay pojenimsya” ko`rsatuvining mashhur sovchisi Roza Syabitova ko`rsatuvda ishtirok etgan kelinlarga kuyov topib bermaganligi uchun ular sovchiga nisbatan jinoyi ish qo`zg`ashni talab etishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ariza yozgan kelinlardan birining advokati Vladislav Kocherinning ma`lumot berishicha, polisiya mashhur teleboshlovchiga nisbatan “firibgarlik” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etgandan keyin, ular Moskva shahrining Presnenskiy prokuraturasiga murojaat etishgan. “Jabrlangan” kelinlar Roza Syabitovaga tegishli sovchilik agentligiga borib, kuyov topib berish sharti bilan shartnoma tuzishgan. Kelinlardan biri unga xizmat haqi uchun 250 ming rubl bergan, ammo Roza Syabitova shartnomada ko`rsatilgan shartlarni bajarmagan, kelinlarga kuyov topib bermagan.

Mazkur fakt yuzasidan polisiyaga murojaat qilgan kelinlar, rad javobini olishgan. Polisiyachilar bu masala ularning vakolatiga kirmasligini, fuqarolik sudiga murojaat qilish lozimligini tushuntirdi.

“Biz ularning bu maslahatiga ko`ndik. Prokuraturadan esa polisiyaga “firibgarlik” moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atish majburiyatini yuklashni so`raymiz”, dedi advokat va prokuratura bir oy mobaynida shikoyatga qonuniy chora ko`rishi haqida eslatib o`tdi.

Boshqa yangiliklar