Rossiyalik gimnastikachi qiz Minsk sirkidagi tomosha paytida balandlikdan pastga quladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
“Kecha, mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlangan sirk tomoshasi paytida rossiyalik gismnastikachi qiz – Mariya Syulgina balandlikdan pastga quladi”, deyilgan xabarda. Qizning qo`li sinib, miya chayqalish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
Tomoshada ishtirok etayotgan mazkur gimnastikachilar katta tajribaga ega bo`lib, uzoq yillardan beri tomoshalarda ishtirok etib kelishgan. Hozircha yiqilish sababi aniqlangani yo`q, ichki tekshiruv ishlari olib borilmoqda.