AsosiyJamiyat

​Hafta davomida 41 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi

'​Hafta davomida 41 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi'ning rasmi

2017 yilning 14 dan 20 aprel kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning osoyishta turmushini ta`minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Payshanba profilaktika kuni doirasida berilgan ma`lumotlarga ko`ra, Yo`l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida hafta davomida yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan – 19 858ta chorahalarga o`rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida – 9.500 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shundan 4097 tasi sfetoforning qizil chirog`idan harakatlanish, 5403 ta tezlikni belgilangan me`yordan oshirishdir.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan –71 ta va hafta davomida esa – 31 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi.

Shundan:

1 ta – bosqinchilik,

3 ta – talonchilik,

21ta – o`g`irlik,

4 ta – firibgarlik

1 ta – transport vositasini olib qochish,

1 ta – qasddan badanga engil tan jarohati etkazish jinoyatlarini tashkil etgan.

Shuningdek, yil boshidan – 625 nafar, oy boshidan – 115 nafar hamda hafta davomida–41 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi.

Boshqa yangiliklar