Toshkentdagi Nurafshon va Xumdonsoy ko`chalari chorrahasida yangi turdagi svetoforlar sinov rejimida ishlamoqda.
Svetoforning sariq chirog`i o`rnidagi sekundomer agarda harakatlanishni taqiqlovchi chiroq yonib turgan bo`lsa qizil, ruxsat beruvchi ishora vaqtida esa yashil rangda yonadi.
Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari mazkur yangilikni ko`tarinki kayfiyatda qarshi oldi: "Siferblat –a`lo darajada!", "Nahotki..Rivojlanish!" deb izoh qoldirdi haydovchilar.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mana shunday svetoforlar shaharning boshqa chorrahalariga ham o`rnatilishiga umid qilmoqda.






