AsosiyJamiyat

Toshkent shahar IIBB garajlardan birida “topilgan” $38 million borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi

'Toshkent shahar IIBB garajlardan birida “topilgan” $38 million borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda so`nggi kunlarda Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar buzilayotganligi bilan bog`liq suratlar tarqalmoqda. Garajlardan birining tagidan 38 million AQSh dollar topilganligi haqida mish-mishlar va fotosuratlar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan Payshanba profilaktika kuni doirasida o`tkazilgan matbuot brifingida ana shu mish-mishlarga oydinlik kiritildi. Boshqarma boshlig`i o`rinbosari Doniyor Toshxo`jaev mazkur surat fotomontaj ekanligi, Toshkentda bunday holat aniqlanmaganligini ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur pullar Ekvadordagi shaharlardan biridagi garaj ostidan topilgan bo`lib, u hazil tariqasida bizning ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Eslatib o`tamiz, Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrining tumanlari hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq shaharning tuman mavze, daxalar hududida shaharsozlik qoidalari va sanitar me`yorlari talablariga javob bermaydigan va yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan ochiq turdagi hamda temir beton garajlar buziladi, ularning o`rnida zamonaviy shaxarsozlik norma va qoidalariga mos ravishda ko`p qavvatli avtoturargohlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar