1

​Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanida quriladigan savdo markaz va ko`p qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi

Jamiyat 21.04.2017, 21:31
Teglar: O`zbekiston, Shavkat Mirziyoev
​Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanida quriladigan savdo markaz va ko`p qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 21 aprel kuni Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi va ko`p qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi, deb yozadi O`zA.

Olmazor tumanining Nurafshon va Forobiy ko`chalari kesishgan joyda uch qavatli “Eski shahar” savdo markazi barpo etiladi. Bu erda xaridorlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida kafe, galereya, bolalar o`yin maydonchalari, avtomobillar to`xtash joyi va boshqa ob`ektlar quriladi. Markaz ishga tushgach, 250 kishi ish bilan ta`minlanadi.

Davlatimiz rahbari mazkur savdo kompleksi quriladigan joyni ko`zdan kechirdi. Markazning uchinchi qavatida “Kitob olami” do`koni va tarixiy filmlar namoyish qilinadigan kinozal barpo etish kerakligini ta`kidladi.

Poytaxtimizda bunday yirik inshootni barpo etishdan maqsad Eski shahar aholisining turmush farovonligini yanada oshirishdir, dedi Shavkat Mirziyoev. Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura talablari asosida mukammal qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e`tibor qaratish zarur.

Mutasaddi rahbarlarga 2018 yil Navro`z bayramigacha mazkur ob`ektni foydalanishga topshirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari shu yil 3 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish chog`ida aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib, poytaxtimizning barcha tumanlarida ko`p qavatli zamonaviy arzon uylar qurish rejalashtirilayotganini aytgan edi. Prezidentimizning 2017 yil 13 martdagi 2017-2021 yillarda Toshkent shahrida ko`p qavatli arzon uylarni qurish miqyosini kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi qarori bu boradagi ishlarni tizimli yo`lga qo`yishda dasturilamal bo`lmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq Kichik xalqa yo`li va Qorasaroy ko`chalari oralig`ida 7 qavatli 12 turar-joy barpo etish bo`yicha loyiha ishlab chiqildi. 800 xonadonga mo`ljallangan ushbu uylar ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni arzon, zamonaviy uy bilan ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz mazkur uylarda yashovchi oilalar ro`yxatini shakllantirib, so`ng qurilishni boshlash kerakligini ta`kidladi. Bunda Eski shaharda yashovchi uy-joyga muhtoj oilalarni hisobga olish, uylar taqsimotida adolat mezonlariga qat`iy rioya etilishi zarurligi qayd etildi.

Uylarni qurish uchun 5 gektardan ziyod er ajratiladi. Turar joylarni loyihalashtirishda mahalliy iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari hamda xalqimizning milliy hayot tarziga xos boshqa jihatlar hisobga olingan.

Davlatimiz rahbari Qichqiriq kanali bo`yida bunyod etiladigan yangi madaniyat va istirohat bog`i loyihasi bilan ham tanishdi.

Mazkur bog`ni tuman aholisi farzandlari bilan sayr qiladigan, hordiq chiqaradigan maskanga aylantirish, bunda Toshkentning qadimiy an`analarini hisobga olish zarurligi alohida ta`kidlandi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1