Irkutsklik ayol chaqalog`iga spirtli ichimlik bergani tufayli bola vafot etdi, ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, ayol tinimsiz yig`layotgan 4 oylik chaqalog`ini tinchlantirish uchun suvga spirtli ichimlik qo`shib bergan, oqibatda bola spirtli ichimlik ta`siridan vafot etgan.
Ma`lum bo`lishicha, 26 yoshli mazkur ayolning yana ikki nafar yosh bolasi bo`lib, onalik huquqidan mahrum etilgan, bundan tashqari, u polisiyaning maxsus ro`yxatida ham turgan. Tergov jarayonida profilaktika organi xodimlarining ham xizmat faoliyati tekshirilishi ko`zda tutildi.






