1

Kichkina oyoqchaning katta tashvishlari​ yoki bolalalardagi ortopedik muammolar haqida

Salomatlik 22.04.2017, 11:07
Teglar: Salomatlik, Tibbiyot, Bola
Kichkina oyoqchaning katta tashvishlari​ yoki bolalalardagi ortopedik muammolar haqida

Aksar ota-onalar bola ilk qadamlarini poyabzal bosgani ma`qul deb hisoblaydi. Go`dakning oyoqlarida muammo bo`lmagandagina yalang oyoq yurish muskullarni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Biroq tashqi (muzdek pol, issiq asfalt, o`tkir qirrali toshlar va b.) hamda ichki (organizm, salomatlik bilan bog`liq muammolar) omillar yalang oyoq yurish imkoniyatini bermasa, to`g`ri poyabzaldan foydalangan ma`qul. Ular oyoq kaftini sog`lom rivojlantirishga yordam beradi.

Bolaning oyoq kafti 5-6 yoshiga qadar rivojlanadi. Aynan mana shu davr ichida sog`lom oyoqlarni «tarbiyalash» imkoniyati katta bo`ladi. Chunki vaqt o`tgani sari suyaklar mustahkamlanib, jiddiy davolash usullarini talab etadi.


Yassi oyoqlilik: qachon va qanday aniqlanadi?

Yassi oyoqlilik tug`ma, raxitning asorati, falajlik, bolaning o`z tana og`irligini ko`tara olmasligi, erta yurish, jarohat oqibati bo`lishi mumkin. Tug`ma yassi oyoqlilik kam uchraydigan holat.

3-4 yoshgacha bo`lgan bolalarda yassi oyoqlilik fiziologik holat sanaladi. Bolaning yoshi kattalashgach, o`tib ketishi mumkin. Oyoq mushaklarini mustahkamlash va yassi oyoqlilikning oldini olish uchun ko`proq tuproq, qumda yalang oyoq yurish lozim. Bolalarga ortopedik poyabzalni faqat ortoped shifokorning tavsiyasi bilan maxsus tekshirish usullari, masalan, kompyuter-plantografiyasidan so`ng buyuriladi. Ortopedik poyabzalni sog`lom bolalarga shifokor tavsiyasisiz kiydirmagan ma`qul. Chunki u bolaning oyog`ini og`ritishi, kichkintoyga og`irlik qilish ehtimoli bor.

Ortopedik poyabzal qanday bo`lishi kerak?

Haqiqiy ortopedik poyabzalning ichki qismiga supinatorli charm patak yopishtirilgan bo`ladi. Aynan shu supinator oyoq kafti yassilanib qolishining oldini oluvchi va davolovchi vosita hisoblanadi. Supinator bola oyog`ini jismonanan to`g`ri joylashishini ta`minlaydigan poyabzalning tag charmi yonboshidagi do`nglik hisoblanadi. Sifatli ortopedik poyabzala tabiiy charm va nubukdan foydalaniladi. Ular sun`iy materiallarga qaraganda egiluvchanligi, namlikni tez bug`lanishi va havoni yaxshi aylantirishi bilan ajralib turadi. Ba`zida poyabzalning o`rniga patak-supinatorning o`z tavsiya etiladi. Buning afzal jihati shundaki, istalgan oyoq kiyim ichiga bu patakni solish va olib tashlash imkoniyati bor.

Ortopedik poyabzalning o`zi bilan kasallikdan butunlay xalos bo`lish qiyin. U profilaktik davolash usuli, xolos. Shunga qaramay, uning ishtirokisiz davolash choralarini ko`rib bo`lmaydi. Qo`shimcha uqalash va ba`zi fizioterapiya muolajalarini qabl qilish lozim.

Qaerdan olish mumkin?

Ortopedik poyabzallar buyurtma asosida tayyorlatiladi. Buyurtma berishga borganda ortoped xulosasi va bolaning o`zi bo`lishi shart. Buyurtma poyabzallarning qulayligi shundaki, uning andozasi, rangi, tagcharmini tanlash mumkin. Avvaliga yarim narxi to`lanadi. Oyoq kiyim tayyor bo`lganida mijoz farzandi bilan birga chaqiriladi, qayta o`lchab ko`riladi. Muammo bo`lmasa, to`lovning ikkinchi yarmi amalga oshiriladi. Ortopedik poyabzal bolaning oyoq o`lchamiga mos bo`lishi etiladi. Kichik yoki katta o`lchamdagi ortopedik poyabzalning hech qanday foydasi bo`lmaydi. Uni qancha muddat kiyib yurish bolaning holatiga ko`ra belgilanadi. Lekin shifokor-ortopedlarning fikriga ko`ra, 7 yoshgacha kiydirgan ma`qul.

Shuningdek, ortopedik poyabzal...

  • Bir yoshga etmay turib yurib ketgan;
  • Vazni og`ir;
  • Tez-tez kasal bo`ladigan, holsiz bolalarga tavsiya etiladi.
  • Oliy toifali shifokor, travmatolog-ortoped Rustam QOBILOV tavsiyalari asosida Dilnoza Shuhrat qizi tayyorladi.

    Sharhlar

    Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

    06.08.2021, 17:47

    CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
    Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

    04.06.2021, 17:58

    Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
    Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

    29.03.2021, 18:15

    Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
    Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

    09.11.2019, 23:59

    Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1